Qoratepa

  • 0
  • 0
Ta‘rif

Qoratepa - budda g‘or ibodatxonalar majmuasi (mil. 1-3-asrlar). Eski Termizning shimoliy-sharqiy qismida joylashgan. Dastlab 1926-28 yillarda Moskvadagi Sharq xalqlari madaniyati davlat muzeyi ekspeditsiyasi ochgan. 1937 yilda M.Ye.Masson va Ye.G.Pchelina tekshirgan.

1960-yillarda arxeolog B.Ya.Staviskiy qazish ishlari olib borgan. Hozirda O‘zbekiston-Yaponiya qo‘shma arxeologiya ekspeditsiyasi ish olib bormoqda.

Obida 3 ta tabiiy do‘nglikda qurilgan. Umumiy maydon 8 ga dan ziyod. Janubiy Do‘nglikda 15 dan ziyod g‘or majmuasi bo‘lgan. G‘arbiy do‘nglikdagi g‘or majmuasi 5 dan ortiq bo‘lmagan. Shimoliy do‘nglikning sharqiy qismini yer yuzasida joylashgan monumental majmua egallagan, g‘arbiy qismini esa yer yuzasiga qurilgan uncha hashamatli bo‘lmagan ibodatxonalar band qilgan.

Qoratepadagi hamma imoratlar turli vaqtlarda barpo etilgan. Keyinchalik avvalgilariga yondosh qilib qurilgan, so‘ng ular bilan bir vazifani bajarishgan. Hammasi bir necha bor ta'mirlangan va tarhi o‘zgartirilgan. Ibodatxonalar yoki boshqa muqaddas joylar ichi mavzuli (syujetli) va naqshinkor bezak, loyganch, ganch, tosh haykali bilan bezatilgan.

G‘or ibodatxonalarini qurish qoidalari hindlardan o‘zlashtirilgan. Ammo keyinroq qurilganlarini rejalashda baqtriylarning me'moriy usullari ustun turadi. Qoratepadagi dastlabki buddaviy ibodat inshootlari, aftidan, mil. 1-a.da qurila boshlagan. Qoratepaning eng gullagan davri mil. 2-3-a.larga to‘g‘ri kelib, bu paytda ibodatxonalar ko‘plab qurilgan, avval-gilari esa yangilangan hamda bezatilgan.

Bu jarayonda kushonshohlar, ularning noiblari, shahar hokimlari va badavlat shaharliklarning homiyligi hamda madadi muhim o‘rin tutgan. Qoratepadan topilgan, bag‘ishlov bitiklari bo'lgan sopollar bu holatni aniq ko‘rsatadi. Bitiklarga ko‘ra, Qoratepadagi ayrim majmuotlar Kxade-vakavixara- Podsho monastiri, Vxara Gulavxara vxad- Gulavxara o‘g‘li (Gon-dafar) Vixarasi, Okavixara deb nomlangan.

Qoratepa bitiklarida rohiblardan Buddashir, Buddxamitra, Jivananda ismlari eslatib o‘tilgan. Boy erkak va ayol homiylar qiyofasi rasmlarda hamda haykallarda saqlanib qolgan. Qoratepadan qo‘plab budda haykallari topilgan.

Mil. 3-asr oxiriga kelib Qoratepa majmualari inqirozga yuz tutdi yoki vayron etildi. Bu, sosoniylarning Kushon davlatiga qilgan harbiy yurishlari bilan bog‘liq bo‘lsa kerak. Ayrim majmuotlar xonalariga otashkadalar o‘rnatilgan. Ayni mahalda Qoratepa majmuotlarining muayyan qismi mil. 4-asr oxiri- 5-a. boshiga-cha ishlab turgan. Mil. 4-a.dayoq Qoratepadagi ko‘plab tashlandiq xonalar va g‘or ibodat-xonalaridan qabr sifatida foydalanil-gan, so‘ng kirish joylari xom g‘isht bilan urib yuborilgan. Eng dastlabki qabrlar yonida kushon-sosoniy tipidagi tangalar, Peroz tangalari va unga taqlidan zarb qilingan tangalar uchraydi, keyingi qabrlarda esa mil. 5-6-a.lardagi Termiz hukmdorlari tangalari topil-gan, ularning bir tomonida langar tas-virlangan. 7-a.dan 12-a.gacha Qoratepadagi yarim ko‘milgan ayrim xonalar va g‘orlardan zohidlar foydalanishgan.

Qoratepadan topilgan rasmlar, haykallar va b. dekorativ-amaliy san'at buyumlari kushonlar davridan Tarmita- Termizda o‘ziga xos an'ana va yo‘nalishga ega bo‘lgan alohida badiiy maktab bo‘lganidan dalo-lat beradi. Bu maktab kushonlar davrida Baqtriya badiiy madaniyatininggina emas, balki butun antik madaniyatning rivojlanishida katta rol o‘ynaydi.

Qazish paytida Qoratepadan Kushon podsholigi davriga oid sopol idishlar, kosa va ko‘zachalar, mis chaqalar, ohaktoshdan ishlangan me'morlik detallari, plita-lar, sopol chirog‘donlar topilgan. Topil-malar ichida70 dan ortiq sopol idish siniqlariga hindcha bitilgan yozuvlar (kharoshthi va brahma yozuvlari) va de-vorlarga chizilgan kushon-baqtriya hamda fors-pahlaviy yozuvlari xarakterli.

Shokir Pidayev.

Расположение на карте


Izohlar