Orol Payg‘ambar qo‘riqxonasi

  • 4
  • 0
Ta‘rif

Surxon davlat qo‘riqxonasi- Surxondaryo viloyati, Sherobod tumanining shim. G‘arbiy qismida joylashgan 2 mustaqil may-dondan- Ko‘hitang tog‘ining sharqiy yon bag‘ri va Payg‘ambaroroddan iborat qo‘riqxona.

Payg‘ambarorol uchastkasi vodiyto‘qay ekosistemalari va buxoro bug‘usini muhofaza kilish maqsadida 1971 y.da tashkil etilgan. Ko‘xitang davlat buyurtma qo‘riqxonasi 1986 y.da Payg‘ambarorol qo‘riqxonasi bilan birlashtirilib, Surxon davlat qo‘riqxonasiga aylantirildi.

Vazifasi qo‘riqxona hududidagi o‘simlik va hayvonot olamini muhofaza qilish, o‘rganish, i.t. ishlari olib borishdan iborat. Surxon davlat qo‘riqxonasning tog‘o‘rmon ekosistemasiga kiruvchi Ko‘hitang (dengiz sathidan 850-3157 m yuqori) qismi (24583 ga) gidrologik tarmoqqa, kattakichik soylarga boy, Laylakon, Qizilolmasoy kabi yirik daryolari ham bor. Qo‘riqxona hududida Zarautsoy rasmlari saqlangan dara mashhur. Ko‘hitangda turkiston va zarafshon archalari (8033 ga), turkiston zarangi (104 ga), turong‘il (512 ga), buxoro bodomi (891 ga), jiyda(183 ga), shirin bodom, o‘rik, yong‘oq, xandon pista, saksovul, butalar va b. o‘sadi.

O‘simliklarning810 turi mavjud, ular-ning29 turi O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. Tog‘ va tog‘ yon bag‘irlarida turkiston silovsini, morxo‘r, osiyo muf-loni, bo‘ri, tulki, quyon, bo‘rsiq, har xil zaharli ilonlar va qushlarning 130 ga yaqin turi uchraydi. Qo‘riqxonaning Payg‘ambarorol uchastkasi (Amudaryodagi kichik orol - uz. 8, eni5 km; 3044 ga) o‘rmonzor va to‘qayzordan iborat (1986 y. gacha etalon to‘qayzorlarning o‘simlik va xayvonot du-nyosini tabiiy holida saqlash maqsadida tashkil etilgan mustaqil qo‘riqxona bo‘lgan).

970 gektarini o‘rmonzor, qolgan qismini jiyda, terakjiyda, yulrun va terak aralash to‘qayzorlar tashkil etadi. Shuningdek, orolda chuchukmiya, yulg‘un va galofit o‘simliklar o‘sadi.

To‘qayzorlarda buxoro xonguli, yovvoyi to‘ng‘iz, qamish mushugi, qushlardan qirg‘ovul, burgut, tasqara, qirg‘iy; hind jayrasi, sudraluvchilardan cho‘l agama-si, toshbaqalar, kaltakesaoar, ilonlar va b. ko‘p uchraydi. 12-13-a.larda orol muqaddas ziyoratgoh bo‘lgan. Rivoyatlar-ga ko‘ra, orolda musulmon arboblaridan biri dafn etilgan va uning qabri ustida Zulkifl masjidi bo‘lgan. Shu bois, mu-sulmonlar bu orolni muqaddas joy, ya'ni «Payg‘ambarorol» deb atashgan.

Abdushukur Xonazarov. O‘zbekiston Miliy Ensiklopediyasi

Расположение на карте


Izohlar