Vodorod qorishmalaridan tayyorlangan portlovchi bombalarni eltish uchun va kelajakda prototip dasturiga asoslangan insonni samoda uzoq vaqt parvozi sifatida foydalaniladigan kontinetlar aro harakat qila oladigan R-7 ballistik raketasini yaratish uchun yangi va keng poligon (rus. - asl mohiyatidagi maʼnosi ruslarda yirik tadqiqotlarni amalda sinab koʻrish uchun ajratilgan keng maydon shunday atalgan) zarur edi. Sovet Ittifoqi raketalari avvalari Astraxan viloyatida joylashgan Kapustin Yar habiy raketalar uchirish poligonida amaliy ishlarini bajarishgan. Shunga qaramasdan Sovet Ittifoqi hukumatining ilmiy tadqiqotlar markazi tomonidan 1954-yilda yirik poligon qurish maqsadida har bir odam yashamaydigan hududlarga oʻzining tegishli kommisiyalarini yuborishadi. Sovet Ittifoqining ilmiy tadqiqotlar markazi tomonidan quriladigan poligon ushbu hususiyatlarga ega joy boʻlishi kerak edi[4], bular:
Qishloq- hoʻjaligini ishlab chiqarish eri sifatida kam foydalanilgan kam aholiga ega boʻlgan joylar (raketalar uchirish tadqiqotlari keng maydonda amaliyotdan oʻtishi bois yirik aholi yashaydigan hududlar ustidan uchib oʻtishi man qilingan edi).
Poligonga har hil katta yuklar eltish va raketalarning qismlarini tashish uchun yirik Temiryoʻl magistrallariga boy joy boʻlishi zaruriyatilariga ega joylar.
26- mart 2009-yil Gagarin sharafiga atalgan Gagarin nomli raketa uchirilishga hozirlanmoqda.[5]
Raketaning uchishiga va qoʻnishi uchun ajratilgan maydon kamida 7000 km. atrofidadagi joy.
Ilmiy tadqiqotchilar bir necha joylarni qurilish tartibiga mos hudud deb topishgan, bular Mariya Avtonom Respublikasi,Dogʻiston,Astrahan viloyati hamda Qizil- Oʻrda viloyatidir. Tadqiqotchilar birgina asosiy muammo bilan R-7 raketasini radio boshqaruv sitemasini boshqarishga er ustida uchta radio toʻlqinli yoʻnalish beraoladigan yaʼni:
150 km. va 250 km. masofasida har tomondan ikki simmetrga ega uchirilish maydoni.
Uchirilish va raketa erkin havoga koʻtarilish uchun 200 km.dan 500 km.ga qadar keng parvoz trassasi.
Olimlar Mariya oʻlkasidagi qalin oʻrmonlarga favqulodda yongʻin ketishi, Dogʻistondagi togʻlarning tortishish harakati, Astrahan viloyati esa Kaspiy dengizi sohillariga yaqinligi havflarini takidlashishgan. Tadqiqotchilar tomonidan bunday sharoitlar mosuvo boʻlgan qariyb oʻzidan 800 km. atrofda tayinli aholi yashamaydigan va bir yoni Orol dengiziga, bir yoni Oʻrta Osiyoning yirik Sirdaryo sohillariga yaqin,Moskva- Toshkent temir yoʻli[6] oʻtgan hamda Qozogʻistonning yirik boʻshligida joylashgan Qiziloʻrda (viloyat)i tanlanadi. 12-fevral 1955-yili Kommunistik partiyasining markaziy qoʻmitasi va Sovet Ittifoqi vazirlar mahkamasi birgalikda 292 va 118 sonli qarorlarida Sovet Ittifoqi mudofa vazirligining raketa tehnikalarini oʻrganishi uchun № 5 ilmiy tadqiqot oʻtkazish poligoni qurilishi borasida qaror chiqariladi. Poligon qurilish nuqtasi uchun Qozogʻistonning Qiziloʻrda (viloyat)idagi Kazalinsk va Jusali shaharlari orasida Moskva-Toshkent temir yoʻli oʻtgan atrofni (1954-yilda bir guruh topograflar va geologlar koʻrigidan oʻtgan) tanlanadi va 1955-yilning birinchi yarmida ushbu tuman barcha sharoitlarga moslashtiriladi. General-mayor G.M.Shubnikov boshchiligi ostida kosmodrom qurilishiga maʼsul etib tayinlangan va birinchi harbiy quruvchi otryad 1955-yilning 12-yanvarida Tera-Tam stansiyasiga olib kelinib joylashtiriladi. Poligon ustidagi qurilish ishlari 1955-yilni ikkinchi yarmi qish mavsumida boshlanib, avvaliga quruvchi harbiylar chodirlarda yashashgan keyinchalik 5-may 1955-yilda Sirdaryo sohillari qirgʻogʻida birinchi Zarya nomli yashash shaharchasi bunyod etilgan. Huddi shu kun 5-may 1957-yili mahsus komissiya poligonni birinchi uchirish maskani sifatida qabul qildi va 6-mayda birinchi fazo kemasi R-7 ballistik raketasi ushbu maskanga oʻrnatiladi. Beshinchi ilmiy tadqiqot markazi poligoni qurilgani sifatida va shtab poligonidagi harbiy boʻlinmalari 11284 dona, poligonda raketalarni fazoga uchirilish boshlanganda 527 injener va 237 tehnik mutaxasislar, jami shu davrda harbiy hizmatchilar 3600 nafarga etgani bois Qoʻmondonlik shtabi taʼsis boʻyicha Boyqoʻngʻir kosmodromining tugʻilgan kuni 2-iyun 1955-yil deb xisoblanadi. Amerika razvedkasi tomonidan 1957-yilning 5-avgustidagi Lockheed U-2 raketasi Sovet Ittifoqi hududi ustida uchirilganligi bois Sovet Ittifoqi raketa uchirish poligoni joylashgan nuqta aniqlanib tez orada Gʻarb mamlakatlari orasida maʼlum boʻlgan. 1957-yildan to 1990-yillar boshlarigacha ushbu poligonni Gʻarb manbalarida Tyuratam yaqin temiryoʻl stansiyasi nomi bilan keltirilgan[