Eyfel minorasi

  • 1
  • 0
Ta‘rif

Eyfel minorasi — Fransiya timsoli sifatida dunyoga tanilgan, Parijning eng taniqli meʼmorchilik namunasi boʻlib, oʻz konstruktori Gustave Eiffel sharafiga nomlangan va yiliga 5,5 million kishi tashrif buyuruvchi turizmning mashxur ob’yektidir.

Minora 1889-yildagi Umumjahon koʻrgazmasi uchun qurilgan. Moris Koshlen va Emiel Nugye tomonidan namoyish etilgan chizmalar koʻrgazmaga tayyorgarliklar eʼlon qilingan musobaqada birinchi sovrinni qoʻlga kiritgan. Eyfel zavq-u shavq bilan «Fransiya 300 metrlik flagshtok joylashgan yagona mamlakat boʻladi», deb aytgan.

Eyfel minorasi — A.G. Eyfel loyihasi boʻyicha Parijda qurilgan metall minora. 19-asr texnikasi yutugʻi ramzi sifatida Jahon koʻrgazmasi (1889) uchun qurilgan. 1931 yilgacha dunyoning eng baland va ogʻir inshooti hisoblangan (bal. 300 m ga yaqin, massasi 9 ming tonna, shundan 7,3 ming tonnasi metall konstruksiyalar). Minoraning quyi qismi kvadrat piramida shaklida, uchida pavilon va mayoq bor, tepasida.diametri 1,7 m li maydoncha qurilgan. Radio eshittirish va telekoʻrsatuvlarning muhim markazi hisoblanadi. Eyfel minorasini qurishda metall konstruksiyalarni montaj qilishning oʻsha davr uchun eng ilgʻor hisoblangan usullari qoʻllangan. Eyfel minorasi Parij aholisi va sayyohlar uchun eng qiziqarli koʻngilochar maskan hisoblanadi.

Inshoot ajoyib va tezkor omad oldi. 6 oylik koʻrgazma jarayonida „temir leydi“ni koʻrgani 2 milliondan ortiq kishi tashrif buyurdi. Yil oxiriga kelib, qurilish uchun ketgan xarajatlarning 3/4 qismi qoplandi. Maʼlum boʻlishicha, 300 yozuvchi va rassomlar munitsipalitet nomiga konstruksiyani „foydasiz va koʻrimsiz“ taʼriflab raddiyalar yozganlar.

Minora Yen koʻprigi qarshisidagi Mars maydoni da qad tiklagan.

Qurilish ishlari 300 ishchi bilan 2 yil — 1887 yilning yanvar oyidan 1889 yilning mart oyigacha boʻlgan oraliqda bajarilgan. Bunday rekord natijalarga 12 000 dan ortiq metal detallarning oʻlchamlari aniq koʻrsatilgan yuqori sifatli chizmalar asosida erishilgan. 2,5 mln dan ortiq mixparchinlardan foydalanilgan. Minoraning balandligi (uning yuqorisidagi 22 metr uzunlikdagi televizion antenna kiritilmagan holda) 300 metrni tashkil etadi. Minora oʻsha davrning eng baland binolari Xeops piramidasi 137 m dan deyarli 2 barobar baland edi.

Metall konstruksiyalar ogʻirligi — 7 300 t ni tashkil etadi (umumiy ogʻirligi esa 10 100 t). Poydevor beton asosdan iborat. Kuchli shamol vaqtida minora chayqalishi 15 sm dan oshmaydi. Minora 1889 yildagi koʻrgazmada Parij timsoli sifatida qurilgan va Parijga kirish arkasi sifatida foydalanilgan.

Pastki qavat oʻzida 57,63 m arkali ravoqni tutashtiruvchi 4 ustunni ifodalagan piramidani namoyish etadi; qubbada Eyfel minorasini birinchi platformasi joylashgan. Bu platformadan ham ikkinchi 115,73 m arkali ravoqni tutashtiruvchi 4 ustunni ifodalagan piramida-minora koʻtarilgan. Toʻrt ustun piramida holatida pogʻonama-pogʻona yaqinlashib, 190 metrlik piramida shaklini beruvchi ustunni ifodalagan; uchinchi platformada 300 m balandlikdagi maydonda gumbazli mayoq mavjud. Minoraga 1792 pogʻonadan iborat zinalar va lift olib chiqadi.

Расположение на карте


Izohlar