Fon togʻlari

  • 0
  • 0
Ta‘rif

Fon togʻlari - PomirOlay sistemasidagi baland togʻlar. Zarafshon va Turkiston tizmalari oraligʻida. Shim. dan Zarafshon vodiysi, gʻarbdan Kishtut daryosi vodiysi va sharkdan Fondaryoning chuqur darasimon vodiysi bilan chegaradosh. Eng baland joyi Chimtargʻa togʻi (5489 m). F.t.da Iskandarkoʻl bor. Urtacha balandlikdagi qismlarida oʻrmon, oʻtloqi dasht landshaftlari asosiy oʻrin tutadi. Baland togʻlar alp va subalp oʻtloklari, choʻqqilari doimiy qor va muzliklar bilan qoplangan. Yon bagʻrilarida qoya va qurum koʻp. Yanv.ning oʻrtacha trasi —10°,—15°; iyulniki 10—15°. Yozgi yaylov sifatida foydalaniladi. F.t.dan Toshkent— Dushanba avtomobil yoʻli oʻtgan. Turistlar koʻp keladi.

Расположение на карте


Izohlar