Moskva kremli

  • 0
  • 0
Ta‘rif

Kreml, Moskva kremli — RF ning poytaxti Moskva sh.ning eng qad. qismi, qal’asi. Moskva daryosining chap qirg‘og‘ida, Neglinvaya daryosi unga quyiladigan joydagi Borovitsk tepaligida kichik bir istehkom sifatida yuzaga kelgan (11 — 12-a.lar, 1,5 ga atrofida). Bu istehkom-qal’a qadimda Kreml, Moskva kremli — RF ning poytaxti Moskva shahriningning eng qadim qismi, qal’asi. Moskva daryosining chap qirg‘og‘ida, Neglinvaya daryosi unga quyiladigan joydagi Borovitsk tepaligida kichik bir istehkom sifatida yuzaga kelgan (11 — 12-a.lar, 1,5 ga atrofida). Bu istehkom-qal’a qadimda «gard» yoki «grad Moskva» deb atalgan, 14-a. dan Kreml nomini olgan. Bu yerda knyaz Yuriy Dolgorukiy buyrug‘i bilan 1156 y. da qurilgan shahar — istehkom esa, avvalgi qal’a hududidan 5—6 barobar kengroq maydonni tashqil etgan va yog‘och devor bilan o‘ralgan. Mo‘gullar hujumi davrida (1237) Kreml vayron qilingan. Kremlning keyingi taraqqiyoti knyazlikning , keyinchalik esa, markazlashgan rus davlatining poytaxti bo‘lgan Moskvaning rivoji bilan bog‘lanib ketgan. Devor va minoralari dubdan (1339— 40, mayd. 18 ga bo‘lgan) va oq toshdan (1367, «oqtoshli Moskva» deb ham atalgan), keyinchalik g‘ishtdan qayta qurilgan (1485—95, mayd. 27,5 ga). Hozirgi tarhi uchburchaksimon (maydoni taxm. 28 ga). Devorining uzunligi 2 km dan ortiq, qalinligi 3,5—6,5 m, balandligi 5—19 metrdir.

Kremlda rus me’morligining noyob yodgorligi saqlanadi: Uspensk sobori (1475—79), Blagoveshensk sobori (1484—89), Arxangelsk sobori (1505—08), Granitovaya palata (1487—91). «Buyuk Ivan» qo‘ng‘iroqxonasi (1505—08, 1600 y. qayta qurilgan). Terem saroyi (1635—36); Sevat binosi (1776— 87, klassitsizm uslubida qurilgan, korinf orderi tizimidagi kolonnadalar bilan bezatilgan), Katta Kreml saroyi (1839—49) va Qurol-aslaha (Orujeyvaya) palatasi (1844—51; hozirgi muzey), Kreml majlislar saroyi (1959—61) va b. Kreml devorlarida 20 minora bor. Bo‘lardan 6 tasi darvozali. Spassk (unga K. ko‘ranti o‘rnatilgan). Nikolsk, Arsenal, Troitsk, Borovitsk, Vodovzvod (Sviblov), Beklemishev (Moskvoretsk) minoralari o‘ziga xosdir. Kreml ichida «Shoh zambaragi» (16-a., quyma metall) va «Shoh qo‘ng‘irog‘i» (18-a.) qo‘yilgan.

Kreml Moskva knyazlari (14-a.) va shohlar (16-a. o‘rtalaridan) qarorgohi, 18-a. boshlaridan imperatorlarning muvaqqat qarorgohi bo‘lgan. 1918 y. martdan bu yerga Sovet hukumatining , 1991 y. dan esa Rossiya Federatsiyasi prezidentining qarorgohi joylashgan.

Kremlda majmuaviy ta’mirlash ishlari olib borilgan (1970). Kreml va Qizil maydon Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.

Onlayn tur

Расположение на карте


Izohlar