Poyi Kalon ansambli

  • 3
  • 0
Ta‘rif

Poyi Kalon me'moriy majmui barcha mehmonlar e'tiborini jalb qiladigan joy. Mo'g'ul davridan ancha ilgari, XII asrda barpo etilgan Kalon Minorasini deyarli hamma joydan ko'rish mumkin. XVI asrda uning yonida Masjidi Kalon va ro'baro'sida Miri arab madrasasi qurilgan. Musulmon bayramlarida minora tepasidan muazzinning solih musulmonlarni namozga chorlovchi ovozini eshitish mumkin edi. Qadim zamonlarda kechasi minora tepasida yoqilgan olovni uzoq-uzoqlardan ko'rish mumkin bo'lgan. Hozir, xuddi ilgari paytdagidek, minora eski shahar tepasida turibdi.

Minora o'zining uygun shakllari va aniq chiziqlari bilan uzoqdan sizning e'tiboringizni tortadi. Agar siz minorani ko'rish sharafiga muyassar bo'lsangiz, uning aniq proporsiyalari va chiroyli terilgan g'ishtiga maftun bo'lasiz. Masjidi Kalon Samarqand shahridagi Bibixonim masjididan keyin O'rta Osiyodagi ikkinchi eng katta masjid. Musulmon bayramida masjidga 10 ming kishi sig'ishi mumkinligi o'z isbotini topgan. Masjidning usti ochiq yirik hovlisi, uning ajoyib peshtoqlari va usti yopiq ayvonlari unutilmas taassurot qoldiradi. Masjidi Kalon ro'parasida joylashgan Miri Arab madrasasi proporsiyasi va simmetriyasi tufayli o'zidan keyin qurilgan masjidlar uchun hamisha namuna vazifasini o'tagan. Bo'lg'usi imomlar ta'lim olgan Miri Arab madrasasi ko'p yillar davomida sobiq sho'rolar ittifoqi davrida amal qilgan yagona madrasa bo'lgan.

Расположение на карте


Izohlar