Toshkentning eski mahallasi Sebzorda asrlar bo‘yi qurilib kelgan tarixiy-me’moriy obidalarning to‘liq majmuasidan iborat Xazrati Imom maydoni joylashgan. Olimlar fikricha, bu oldin Shosh deb atalgan shahar markazi bo‘lgan. Tarixiy binolar ansambli islomning Toshkentdagi birinchi imomi va targ‘ibotchisi Kaffol ash-Shoshiy mozori atrofida paydo bo‘la boshladi va maydonga "Hazrati Imom " nomi berildi.
Abubakr Muhammad ibn Ali Ismoil al-Kaffol ash-Shoshiy 903 yilda Toshkentda tug‘ilgan. Bilimni u Buxoro, Samarqand, Termiz madrasalarida olgan, va islom ilohiyoti ustunlaridan bo‘lgan imomal Buxoriy va Muxammad at-Termiziyning ma’naviy izdoshi deb hisoblangan. Kaffol ash-Shoshiy bir necha marta makkaga xaj qilgan, Damashq, Bag‘dod va Xijozda bo‘lgan. Sayohatlari mobaynida zamonasining yirik musulmon allomalari bilan bahslarda qatnashib, ilohiyot bo‘yicha chuqur bilimini namoyish qilgan. Uning obro‘si shunchalik baland ediki, arab dunuyosida uni "Buyuk imom" deb atashardi. Zamondoshlari Movarounnahr olimlari orasida unga teng keladigani yo‘q deb hisoblashardi. Vatanga qaytgach, u butun kuchini islomni targ‘ib qilish va shariat asoslarini mustahkamlashga sarfladi.
976 yilda Kaffol ash-Shoshiy qazosidan so‘ng, uning qabri tabarruk deb hisoblana boshladi. 1541 yilda uning qabri ustiga maqbara qurildi. Uning asosiy kiraverishidagi eshik ustida qurilgan yil sanasi va qurilishda qatnashgan saroy me’mori G‘ulom-Husayn Hamda xattot Qudratning ismlari she’riy tarzda bitilgan yozuv saqlanib qolgan. Avliyo xilxonasi o‘zining ajoyib shakli bilan diqqatni tortadi. Kaffol ash-Shoshiy mozori ziyoratgoh bo‘lgani uchun, maqbaraga honaqo - sayohatchilar uchun qo‘noq shakli berilgan. Katta xochsimon zaldan tashqari, bino ziyoratchilar uchun qurilgan uch qavatli hujra - burchak ustunli xonalardan iborat. Inshoot yon atrofdagi qabrlardan ancha baland poydevorga o‘rnatilgan, an’analarni buzgan holada Makkaga emas, shimolga qaragan. Salmoqli me’moriy hajmlariga qaramay, bino ko‘kka yuksalgan holda juda xushbichim ko‘rinadi. Bu taassurotni Doira ustiga o‘rnatilgan to‘g‘ri burchakli prizma shaklidagi havorang gumbaz uyg‘otadi. Maqbara oldi sopol bilan bezalgan hashamatli peshtoqli. Avliyoning qabri xilxona g‘arbidagi qirralangan taxmonda joylashgan. Hozirgacha ko‘plab ziyoratchilar Kaffol ash-Shoshiyning qabriga kelib, undan yordam va duo oladilar.
Kaffol ash-Shoshiy maqbarasi yonida Imom al-Buxoriy nomidagi Islom instituti joylashgan. U XIX asrda qurilgan va ganchli milliy naqsh hamda jimjimador yozuv bilan bezatilgan sobiq Namozgoh bayram masjidining binosida joylashgan. Institut 1970 yilda qurilgan va musulmonlar dunyosida obro‘li o‘quv yurtlaridan biri hisoblanadi. Madrasani tugatgan va o‘zlarini Olloh xizmatiga bag‘ishlamoqqa qaror qilgan yoshlar, to‘rt yil mobaynida Islom instituti devorlari ortida ilohiyot, adabiyot, tarix va arab tilidan tahsil oladilar.
Xazrati Imom majmuasiga O‘zbekiston musulmonlari Diniy boshqarmasi binosi ham kiradi. Undan sal narida XIX asrda ko‘hna poydevor ustiga qurilgan va bir necha bor qayta ta’mirlangan Juma-Masjid joylashgan. Unda juma namozlaridan tashqari nikoh marosimlari ham o‘tkaziladi. Uning qarshisida o‘ttiz mingdan ortiq diniy va dunyoviy kitoblarga ega Diniy boshqarma kutubxonasi joylashgan. Ularning orasida Diniy boshqarmaga chet el islom mamlakatlari rahbarlari tomonidan hadya etilgan ikki mingta nodir kitoblar, shu jumladan juda chiroyli rasmlar bilan boy tarzda bezatilgan XVI asr boshlari qo‘lyozmalari, xattotlikning noyob namunalari, Qur’onning boy bezatilgan nashrlari bor. Kutubxonaning alohida xonasida musulmonlar ko‘rishi uchun qo‘yilgan Muqaddas kitob - Usmon Qur’oni alohida qimmatga ega.
Hazrati Imom maydonini yirik, bizning zamonamizda o‘rtaosiyo me’morchiligining eng yaxshi an’analaridan foydalanib qurilgan, moviy gumbazlari yarqirab turgan Jome juma masjidi tugatadi. Masjidga Qorasaroy tarafdan kirishni har biri 56 metrli ikkita minora o‘rab turadi.
Hazrati Imom kompleksi 1000 yillardan ortiq O‘zbekistonda islom madaniyati markazi bo‘lib qolmoqda.
Islom Konferentsiyasi Tashkilotining Ta’lim, fan va madaniyat buyicha muassasasi AYSESKO Toshkentni 2007 yili Islom madaniyati poytaxti deb e’lon qildi. Prezidentimizning Xazrati imom jamoatchilik jamg‘armasini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi qarori e’lon qilingach, juda qisqa muddatda katta qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilib, muhtasham Hazrati Imom majmuasi bunyod etilgani ham bejiz berilmaganini ko‘rsatib turibdi.