Sidney opera teatri

  • 0
  • 0
Ta‘rif

Sidney opera teatri – Sidneydagi musiqali teatri, Avstraliyaning faxri hamda ramzi hisoblanib, u dunyodagi eng mashhur va taniqli binolardan biridir. Qit’aning eng asosiy obidalardan biri bo’lmish ushbu bino dunyodagi boshqa inshootlardan o’zining parussimon tomi bilan mashhur. Opera teatri 1973 yildan boshlab Xarbor Bridj ko’prigi bilan bir qatorda dunyodagi eng mashhur zamonaviy arxitektura inshootlardan biri deb tan olingan hamda Sidney shahrining tashrif qog’gozi hisoblanadi. 2007 yil 27 iyundan boshlab opera YUNESKO Butun jahon madaniy merosi ro’yxatiga kiritilgan. Sidney opera teatri 1973 yil 20 oktyabr kuni Angliya qirolichasi Elizavetta II tomonidan ochilgan.

Sidney opera teatri Bennelong-Poynt Sidney qirg’og’ida joylashgan. Bu joy kaloniya birinchi gubernatorining do’sti, avstraliyalik aborigen nomiga bag'ishlangan. 1958 yilgacha teatr o’rnida tramvay deposi joylashgan bo’lib, undan ham oldin fort bo’lgan.

Opera teatri arxitektori daniyalik Yorn Utzon bo’lib, u 2003 yili loyiha uchun Pritskerov mukofotini olgan.

Qurilishning barcha muammolarini hal qiluvchi va katta hajmdagi ishlab chiqarishga mos, aniq tayyorlanadigan va montaj ishlarining soddaligi sferik qobiq konsepsiyasini qo'llanilishiga qaramasdan, qurilish asosan binoni ichki qismini ta’miri uchun cho’zilib ketgan.

Teatr qurilishi to’rt yilga va etti million avstraliya dollari miqdorida rejalashtirilgan. Ammo, opera o’n to’rt yilda 102 million dollar miqdorida qurilgan.

Sidney opera teatri binosi keskin va novator dizayni bilan ekspressionizm uslubida qurilgan. Binoni umumiy maydoni 2,2 gektar. Uzunligi 185 metr, maksimal kengligi 120 metr. Bino 161 000 tonna va suv sathidan 25 metr chuqurlikda o’rnatilgan 580 ta qoziqqa suyanadi. Uning energiya sarf qilish ekvivalenti 25 000 shahar aholisining elektr iste’mol qilishiga to’g’ri keladi. Energiya 645 km kabel orqali taqsimlanadi.

Opera teatr tomi oldindan tayyorlangan 2194 ta seksiyasili balandligi 67 metr, vazni 27 tonnadan ortiq bo’lib, barcha konstruksiyani umumiy uzunligi 350 metrli temirli troslar ushlab turadi. Teatr tomi diametri 492 futli beton sferasini tutib turuvchi “chig’anoqsimon” tizimini hosil qilgan.

Tom 1056006 ta oq va krem rangli azuleju plitkalari bilan qoplangan. Biroq konstruksiya uzoqdan faqat oq plitkadan qiliganga o’xshab, har xil yorug’likda p;itkalar turli xil ranglada tovlanadi. Plitkalarni mexanik tarzda joylashtirish natijasida tomning hamma joyi silliq ko’rinadi. Barcha plitkalar o’zini o’zi tozalovchi shved fabrikasi Höganäs AB tomonidan ishlab chiqilgan. Lekin shunga qaramay har zamonda plitkalarni tozalash va almashtirish ishlari olib boriladi

Ikkita eng yirik chig’anoqli gumbazi Konsert zali va Opera teatrning shiftini tashkil qiladi. Boshqa zallar shifti kichkina gumbazlardan iborat. Asosiy kirish va tantanali zina oldidagi eng kichkina gumbaz ostida Bennelong restorani joylashgan.

Bino inter’eri Tarana hududidan olib kelingan, pushti granit toshdan, taxta va faneradan ishlov berilgan.

Расположение на карте


Izohlar