Agra

  • 0
  • 0
Ta‘rif

Agra — Hindistonning shim.dagi shahar, Uttar-Pradesh shtatida, Jam-na (Yamuna) daryosining o‘ng sohilida. Aholisi 899 ming kishi (1991). Yirik temir yoʻl tuguni. Agra — Bombay avtomagi-stralining oxirgi manzili. A. 16 — 19-a.larda Boburiylar qarorgohi (poy-taxti) bo‘lgan, ayniqsa Akbar va Shoh Jahon davrida ravnaq topgan (16 — 17-a.lar). A.da 16 — 17-a. larga doir musul-mon me’morchiligining ajoyib yodgor-liklari saqlanib qolgan. "Agra-Fort" (16-a.) qasri va uning ichida "Marvarid mayejid" (17-a.), bir qancha saroylar bor. A. ya kip i da Shoh Jahon va uning xotini (Mumtoz Mahal) maqbarasi — Tojmahal joylashgan (17-a. o‘rtalarida qurilgan). Tojmahal Sharq me’morchili-gining ajoyib namunasidir. Jome mas-jid (1628), E’timod ud-Davla maqbarasi (1628) kabilar jahon me’morchiligi durdonalaridan hisoblanadi. Bularni qurishda hind ustalari bilan birga Buxoro va Samarqand ustalari ham qatnashgan. 19 — 20-a.larda A. qayta tiklandi. Shahar tashqarisidagi bog‘da alohida ansamblni tashkil etgan universitet binosi (1927) O‘rta Osiyo me’morchiligi uslu-bida qurilgan. A. binolari marmarga ishlangan o‘yma va qadama naqshlari, fil suyagidan ishlangan buyumlari bilan mashhur. A. sanoati asosan ko‘n poyabzal, oziq-ovqat, qog‘oz, oynashisha korxonala-ri, Hindistonning shim.dagi eng yirik "Jons-Mils" yigiruv k-ti, elektr-tex-nika va b. korxonalardan iborat. Qo‘lda gazlama to‘qish va badiiy buyumlar yasash hunarmandchiligi taraqqiy etgan. A.da universitet (1927) va Mahatma Gandi asarlari-ning maxsus kutubxonasi bor.

Расположение на карте


Izohlar